Daryo

Afg‘onistondan Tojikistonga qochib o‘tgan qirg‘izlar ortga qaytarildi

Afg‘oniston hukumati qochqinlarning shaxsiy xavfsizligi masalasini kafolatlagan

1 daqiqa o‘qish110 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “NTV”

Tojikistonga qochib o‘tgan 345 nafar afg‘onistonlik doimiy yashash joylariga qaytarildi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markaziga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

Foto: “NTV”

13—14-iyul kunlari Afg‘onistonning Badaxshon viloyati, Vaxon tumani, Andemin qishlog‘ida yashovchi qirg‘iz millatiga mansub 345 kishi “Tolibon” ta’qibidan qochib, Tojikiston chegarasini kesib o‘tgandi.

Qochqinlar 4000 bosh uy hayvonlari va transport vositalarini olib, uylariga qaytdi.

Chegara idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati qochqinlarning shaxsiy xavfsizligi masalasini kafolatlagan. Shundan so‘ng, 17—18-iyul kunlari Tojikistonning Murg‘ob viloyati Qizil-Rabot qishloq jamoati chegara zonasi orqali ularni ortga qaytarish ishlari tashkillashtirilgan.

“Murg‘ob viloyatining Choshtepa va Duyutuk uchastkalarida yashab turgan vaqtlarida afg‘onistonliklar BMTning Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq, tojikistonliklar tomonidan vaqtincha yashash joylari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va tegishli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlandi. Davlat chegarasining ushbu uchastkalaridagi vaziyat Tojikiston chegarachilari nazorati ostida”, — deyiladi xabarda.

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi manbasiga ko‘ra, avvalroq chegarani kesib o‘tgan afg‘on qochqinlarining qolganlari ham o‘z vataniga qaytgan.

Qochqinlarning aksariyati “Tolibon” bilan to‘qnashuvlardan so‘ng Tojikiston hududiga chekingan afg‘onistonlik harbiylar bo‘lib, ularning soni taxminan 1500 kishidan iborat edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar