Daryo

Virgin Galactic koinotga parvoz uchun ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi

O‘yin 1-sentabrga qadar o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish39 862 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Virgin Galactic

Britaniyalik milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi hamda Omaze xayriya yig‘ish platformasi suborbital tijoriy parvoz uchun ikkita chiptani lotereyaga qo‘ydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Virgin Galactic

Xabarga ko‘ra, o‘yin 1-sentabrga qadar o‘tkaziladi. Unda g‘olib bo‘lgan bir kishiga ikkala chipta ham beriladi. O‘yin g‘olibi, taxminan, 29-sentabr kuni e’lon qilinadi.

O‘yinda qatnashish bepul, ammo xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladigan fondga 10 dollardan 100 dollargacha mablag‘ kiritish orqali g‘olib bo‘lish imkoniyatini oshirib borish mumkin.

Koinotga parvoz 2022-yilga rejalashtirilgan. Parvozga qo‘shimcha ravishda, g‘olibga transfer, mehmonxonadan joy va shaxsan Richard Brenson bilan kosmodrom bo‘ylab ekskuriya va’da qilingan.

Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson 11-iyul kuni VSS Unity suborbital raketoplanida koinotga muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirib, kosmik turizm davrini boshlab berdi. U bilan birga ikki uchuvchi va yana uch nafar yo‘lovchi koinotga chiqdi. Parvoz yaxshi o‘tdi — kema mo‘ljallangan balandlikka yetib bordi, yo‘lovchilar bir necha daqiqa vaznsizlik holatida bo‘ldi, shundan so‘ng VSS Unity Yerga xavfsiz qaytib tushdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar