Daryo

Smartfonni barmoqlar yordamida quvvatlantirish usuli topildi

Yangi qurilma insondan ajraladigan terni yig‘ishga va undan elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir

1 daqiqa o‘qish21 661 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: University of California

Barmoqlarga qotirilib, nam qo‘ldan elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir egiluvchan kichik plastir yaratildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: University of California

Kaliforniya universiteti ixtirochilarining ta’kidlashicha, yangi qurilma insondan ajraladigan terni yig‘ishga (foydalanuvchi uxlagan yoki kundalik ish bilan shug‘ullanayotgan vaqtida) va undan elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir.

Foto: University of California

Qurilmaning prototipi yaratilgan, biroq u hozircha faqat kichik miqdorda energiya to‘plamoqda. Smartfonni quvvatlantirish uchun plastirni qo‘lda uch haftaga yaqin taqib yurishga to‘g‘ri keladi. Olimlar mazkur qurilmaning imkoniyatlarini kelajakda yaxshilashga umid qilmoqda.

Foto: University of California

Tasma barmoqda 10 soat taqib yurilsa, qo‘l soatlari 24 soat ishlashi uchun yetadigan energiya hosil bo‘ladi. Gap faqat bitta barmoqdagi plastir haqida ketmoqda. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, qurilma boshqa barmoqlarga ham ulansa, energiya hajmi o‘n baravar ortadi.

Foto: University of California

Energiya ishlab chiqarishga mo‘ljallangan aksariyat qurilmalar foydalanuvchidan intensiv mashqlar bajarishni yoki quyosh nuri yoki haroratini talab etadi. Tasma-plastir esa elektr energiyasini ishlab chiqarishda passiv tizimdan foydalanadi.

Foto: University of California
Avvalroq Singapurda soyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan qurilma yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar