Daryo

Qanday hollarda D vitamini miqdorini tekshirtirish kerak?

D vitamini suyaklarni mustahkamlashga, kayfiyatni yaxshilashga, saraton xavfini kamaytirishga, vazn yo‘qotishga yordam beradi, hatto astma xurujlarini ham kamaytiradi

2 daqiqa o‘qish42 885 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

D vitamini bugungi kunda eng “mashhur” vitaminlardan biridir. Ko‘pchilik organizm uni quyosh nuri ta’sirida ishlab chiqarishini biladi. D vitamini suyaklarni mustahkamlashga, kayfiyatni yaxshilashga, saraton xavfini kamaytirishga, vazn yo‘qotishga yordam beradi, hatto astma xurujlarini ham kamaytiradi.

Foto: Getty Images

Shu bilan birga, “quyosh vitamini” yetishmasligi rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan janubiy viloyatlarning aholisida shimoliy mamlakatlarda yashovchilarga qaraganda tez-tez kuzatiladi va yetishmovchilik alomatlari har doim ham sezilavermaydi. Ammo D vitamini yetishmasligi xavfini oshiradigan bir qancha omillar mavjud.

Kamdan kam hollarda ko‘chaga chiqsangiz

Kunlik D vitaminini olish uchun quyosh ostida faqat 15-20 daqiqa bo‘lish kifoya deb hisoblashadi, ammo ko‘pchilik bu vaqt oralig‘ida vitaminni o‘zlashtirolmaydi. Agar ko‘p vaqtingizni uyda o‘tkazsangiz, vitamin yetishmasligi shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Vegan bo‘lsangiz

Agar siz vegetarian bo‘lsangiz yoki sut mahsulotlarini iste’mol qilmasangiz (yoki faqat yog‘siz oziq-ovqatlarni iste’mol qilsangiz), bu D vitamini yetishmasligiga sabab bo‘ladi.

Ichaklarda muammo bo‘lsa

Kron kasalligi, oshqozon yarasi va boshqa yallig‘lanishli ichak kasalliklari o‘z-o‘zidan D vitamini yetishmasligiga olib kelmaydi, ammo vitaminning qo‘shimcha dozalarini qabul qilish va yallig‘lanishni kamaytirish o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni qo‘llab-quvvatlovchi tadqiqotlar mavjud. Agar sizda biror-bir ichak kasalligi bo‘lsa, shifokoringiz bilan D vitaminini qabul qilish haqida maslahatlashgan ma’qul.

70 yoshdan oshgan bo‘lsangiz

Yosh ulg‘aygan sayin tana D vitaminini yomonroq saqlaydi: masalan, 70 yoshdagi odamlarda bu qobiliyat 20 yoshdagilarga nisbatan 75 foizga past bo‘ladi.

Ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz

D vitamini yog‘da eriydi, ya’ni u yog‘ hujayralari tomonidan osongina so‘riladi. Shuning uchun tanada yog‘ qancha ko‘p bo‘lsa, D vitamini shunchalik kam bo‘ladi.

Sizda osteoporoz bo‘lsa

D vitamini suyak va bo‘g‘inlar mustahkamligi uchun javob beradigan ozuqa moddasi bo‘lgan kalsiy singishi uchun juda muhimdir. Agar sizda ilgari osteoporoz — suyaklar yetarli miqdorda kalsiy olmaydigan va parchalanadigan holat bo‘lsa, organizmga nafaqat kalsiy, balki D vitamini ham yetishmasligi mumkin. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar