Vivo kompaniyasi dron kabi uchib, foto va video suratga olishga qodir smartfonning tasvirlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Yig‘ilgan holatda dron smartfon ichiga yashiringan. Zarurat tug‘ilganida uni Samsung Galaxy Note’larning S Pen elektron qalami kabi chiqarib olish mumkin. Dronda kamera mavjud. Foydalanuvchi devays parvozi vaqtida uni boshqarishi, turli balandliklarda kadrlarni olishi mumkin.

Dronlar ham xuddi smartfonlar kabi ingichka va unga kamida ikkita kamera o‘rnatilishi rejalashtirilayotgani bois uning ichida qo‘shimcha batareya uchun yetarlicha joy bo‘lishi kerak. shunday qilib, ichida droni bor smartfon ancha qalinlashgan va og‘irlashgan.

Mavzuga doir: Sony kompaniyasi 9 ming dollarlik Airpeak S1 dronini taqdim etdi. Uning videoga olish kamerasi va barqarorlashtirgichi yo‘q








