Daryo

Kaspiy dengizining Ozarbayjon tomonida portlash yuz berdi (video)

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kaspiy dengizidagi portlash yuzasidan surishtiruv boshladi

1 daqiqa o‘qish69 784 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “iMag.one”

Kaspiy dengizida portlash yuz berdi, deb yozadi “Kommersant”. Dastlab OAVlar “Umid” gaz platformasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgandi, ammo Ozarbayjonning SOCAR davlat neft kompaniyasi va hukumati buni rad etmoqda. Neft kompaniyasi fikricha, dengizdagi portlashga balchiq vulqoni otilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Foto: “iMag.one”

“SOCAR nazorati ostidagi dengiz platformalarida va sanoat obyektlarida avariyalar bo‘lgani yo‘q, ish odatiy rejimda davom etmoqda”, — deyiladi neft kompaniyasi xabarida.

SOCAR talqinini “Umid” platformasida olingan video ham tasdiqlamoqda.

https://twitter.com/ZumrudPashkin/status/1411766710563225602?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1411766710563225602%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.kommersant.ru%2Fdoc%2F4888099

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kaspiy dengizidagi portlash yuzasidan surishtiruv boshladi. Shu bilan birga, muassasada qayd etishlaricha, “mamlakatda dengizdagi neft yoki sanoat obyektlarida yuz bergan qandaydir favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumot” kelib tushmagan.

Respublika Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, dengizdagi portlashga vulqon otilishi sabab bo‘lgan. Tekshiruv idora hamda respublika seysmologiya xizmati markazi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Markaz rahbari Gurban Yetirmishli Kaspiy dengizida balchiq vulqoni otila boshlaganini aytdi. “Kaspiy dengizida balchiq vulqonlari ko‘p, ehtimol, ulardan biri otilishni boshlagan”, — degan u. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar