Daryo

Xushbo‘y yoz: jazirama mavsum uchun 5 xil yangi ifor

Ulardan gullar, yoz va muhabbat ifori keladi

2 daqiqa o‘qish33 041 ko‘rishlar0 izoh0
Yozning jazirama va quyoshli kayfiyati uchun maxsus yaratilgan yangi atirlar. Ulardan gullar, yoz va muhabbat ifori keladi.

Tender Love, Betty Barclay

Foto: “Domashniy ochag”
Sitrus, bergamot va mandarinning nozik xushbo‘y hidi e’tiborni tortmasdan qolmaydi. Betti Barclay Tender Blossom tarkibidagi ferziyaning klassik hidiga yasmin va anbarning tetiklashtiruvchi iforining qo‘shilishi yanada yoqimlilik baxsh etadi. Mazkur atir xushbo‘y gullar hidini o‘zgartirishni xohlamaydiganlarga, ammo jazirama kunda ham bemalol foydalanishni istaydiganlarga mos keladi.

DaliA More, Salvador Dali

Foto: “Domashniy ochag”
Dalia More’ning quyoshli ifori — bu mashhur brend parfyumining ayollar uchun yengil va ixcham versiyasidir. Olma va nokning shirin ifori bergamot va ambarning sitrusli notalari bilan to‘ldirilgan: yengil mevali-gulli hidni sevuvchilar uchun ayni muddao.

Young at Heart, Floraiku

Foto: “Domashniy ochag”
Young at Heart — bu sizning “birinchi marta” bo‘lgan xotiralaringizni yodga soladi. Ushbu meva-gulli hid sarxil tarvuz suvini, osmantusning quyoshli va yasmin ohanglarini o‘zida birlashtirgan. Yoz mavsumi uchun ideal bo‘lgan bu atir shirin va isyonkor samimiylik hamda poklik bilan to‘ldirilgan.

Santal 33, Le labo

Foto: “Domashniy ochag”
Klassik Marlboro reklamasini eslaysizmi? Tungi ochiq osmon ostida cheksiz tekislikda yonib turgan olov yonidagi chavandoz va ot. Bu yovvoyi G‘arb ruhi, erkaklik va ozodlikni ramziy ma’nosini ifodalaydi. Erkaklar reklamadagi kovboyga taqlid qilishar, ayollar esa uni deb aqldan ozgan. Ushbu tasvir Santal 33’ning asosiga aylandi, uni Amerika afsonasining timsoli deb atash mumkin. Atirdagi kardamon, iris, binafsha va ambroksan notalariga teri, kedr va sandal daraxtining yog‘och hidi qo‘shilib, iforlarni yanada uyg‘unlashtirgan.

Cerruti 1881, Cerruti

Foto: “Domashniy ochag”
Ajablanarli darajada yengil, nafis xushbo‘y hid, go‘zallik va tabiiylikning timsoli. Atir tabiiy matolar ishlab chiqarishda ishlatiladigan zig‘ir moyi asosida Cerutti tomonidan ishlab chiqilgan. Asosiy iforlar bergamot, binafsha, mimoza, freziya bo‘lib, ularni geran, koriandr, sandal daraxti, mushk, ambar hidlari to‘ldiradi. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar