Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning Dekra tashkiloti 18 yil davomida 270 ming kilometr yo‘l bosgan Hyundai Getz’ni krash-testdan o‘tkazdi. Ekspertlar avtomobilning ishonchliligini tekshirib, uning xavfsizlik tizimi, xususan, eyrbeg va kamarlari ishini baholadi. Soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlanib, old tomoni bilan to‘qnashgan mashinaning natijasi kutilganidan yaxshi bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Autoweek.nl

Foto: Autoweek.nl

To‘qnashuvdan 17 millisoniya o‘tib, xavfsizlik kamarining tortgichlari ishlab ketgan, yana ikki millisoniyadan keyin esa frontal eyrbeglar qopqog‘i ochilgan. Natijada barcha tizimlar 37,9 millisoniya ichida ishga tushgan — taqqoslash uchun inson ko‘zi, taxminan, 100 millisoniya ichida pirpiraydi.

Dekra mutaxassislar eski Getz’ning mustahkamligi va yig‘ilishini maqtagan: zarba oqibatida kuzovning harakatsiz obyekti pachaqlangan bo‘lsa-da, eshiklar hech qanday qiyinchiliklarsiz ochilgan, uzatmalar tepkilari va old ustunlar butunligicha qolgan.

Foto: Autoweek.nl

Foto: Autoweek.nl

Ta’kidlash kerakki, zamonaviy avtomobillar og‘irligi bo‘yicha salkam 20 yil oldin ishlab chiqarilgan hamyonbop mashinalarni sezilarli darajada ortda qoldiradi, shu sababli ularning ishonchliligini taqqoslash qiyin.

Shunga qaramay, xavfsizlik sohasidagi ekspertlar muntazam eski va yangi avtomobillar ishonchliligini taqqoslab keladi. Masalan, 2020-yilda Shveysariyaning Dinamik sinovlar markazi BMW 525 va 1983-yilgi Fiat Uno’ni krash-testdan o‘tkazgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)