Yerga uzunligi 187 metrga yetadigan asteroid soniyasiga 13,4 kilometr tezlikda yaqinlashmoqda u 25-iyun kuni maksimal darajada yaqin masofadan uchib o‘tadi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ta’kidlanishicha, “maksimal darajada yaqin masofa” aslida u qadar ham yaqin emas — u Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 15 martaga ko‘p.

Shunga qaramay, kosmik o‘lchovlar bo‘yicha obyekt “sayyoraga yaqinlashuvchi” hisoblanadi.

Avvalroq mutaxassislar “potensial xavfli” asteroidlar Yer aholisini qo‘rquvga solmasligini tushuntirgan edi. Har yil sayyora yonida taxminan 180 ga yaqin shu kabi asteroidlar uchib o‘tadi.

NASAning Yerga yaqin makondagi obyektlarni tadqiq qilish markazini ma’lum qilishicha, 25-iyun kuni ikkita futbol maydoni kattaligidagi asteroid ham yaqin keladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni Eyfel minorasi kattaligidagi asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tishi xabar berilgandi. NASA ushbu asteroidni potensial xavfli asteroidlar sirasiga kiritgan. Shuningdek, Yerga Xeops piramidasidan kattaroq asteroid yaqinlashgani, AQShda Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tgan meteorit videoga olingani, Xitoyga ulkan meteorit qulagani haqida xabar berilgandi.