Daryo

AQShda Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tgan meteorit videoga olindi

Obyekt o‘zidan yorqin olovli yorug‘lik qoldirgan, shuningdek, guvohlar portlashga o‘xshash ovoz haqida ham aytmoqda

1 daqiqa o‘qish32 442 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Twitter

Florida shtatidagi Uest-Palm-Bich shahrida Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tgan osmon jismi tasvirga olindi, deb xabar beradi Esquire.

Kadr: Twitter

Obyekt o‘zidan yorqin olovli yorug‘lik qoldirgan, shuningdek, guvohlar portlashga o‘xshash ovoz haqida ham aytmoqda. Kosmik jismning qulashini domofonlardagi kameralar va AQShning boshqa ko‘plab shaharlaridagi videoregistratorlar qayd etgan.

Mutaxassislarning Amerika uzra nima uchib o‘tgani borasidagi fikrlari turlicha. Kimdir buni astronomlar tomonidan bir necha kun oldin aniqlangan 2021 GW4 asteroidi desa, boshqalar uni meteorit qoldiqlari deb atamoqda.

https://twitter.com/jayobtv/status/1381796466671357960

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, osmon jismining o‘lchami avtomobildek — 4 metrga yaqin bo‘lgan. U Yerga yaqinlashgan minimal masofa — 26,2 kilometr. Asteroid hech qanday xavf tug‘dirmagan.

Avvalroq Yoqutiston uzra olovli shar uchib o‘tgani va uning nima ekanligi noma’lumligicha qolayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Video: Xitoyga ulkan meteorit quladi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar