Daryo

“AvtoVAZ” O‘zbekistonda Lada va Renault avtomashinalarini yig‘ishni 12 oy ichida yo‘lga qo‘yadi

Dastlab Lada rusumli, keyinchalik esa Renault avtomobillari yig‘iladi

1 daqiqa o‘qish43 598 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“AvtoVAZ” yaqin 12 oy ichida O‘zbekistonda Lada va Renault rusumli avtomobillarni yig‘ishni boshlaydi. Bu haqda kompaniyaning ТАСС agentligiga bergan ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Bozorda rivojlanishning yana bir muhim tomonlaridan biri bu mintaqaviy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirishdir. Bizda shundan imkoniyat mavjud. O‘zbekistonda avtomobil komponentlarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz. Dastlab Lada rusumli, keyinchalik esa Renault avtomobillari bo‘ladi. Loyiha 12 oy ichida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda”, — degan “AvtoVAZ” kompaniyasi prezidenti Nikolay Mor.

Shuningdek, UzAuto sabab “AvtoVAZ” mahalliy bozorda katta o‘rinni egallay olmasligini ham ta’kidlab o‘tgan.

O‘zbekistonda Lada va Renault avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani 2020-yilning oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda 2021—2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan Prezident qarorida keltirilgan. 2021-yilda Renault-“AvtoVAZ” avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida “GAZ” avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish rejalashtirilmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar