Agar bolangiz tishlarida qora nuqta yoki juda oppoq dog‘lar paydo bo‘lganini sezsangiz, darhol stomatologga murojaat qiling. Shifokor tishlarini tekshiradi va tegishli davolanish bo‘yicha maslahat beradi. Ba’zan tishlarni maxsus lak bilan qoplash kifoya qiladi, ba’zida kariyesni to‘liq davolash kerak, ba’zida esa maxsus malhamlardan foydalanish lozim.

Foto: “Domashniy ochag”

Kariyesning paydo bo‘lish sabablari:

Kariyes — bu tish emaliga ta’sir qiluvchi og‘iz bakteriyalarining natijasidir. Sut tishlarining emali nozik, oson va tez shikastlanadi. Erta paydo bo‘lgan kariyes sabablariga quyidagilar kiradi:

  • Homiladorlikda, ayniqsa birinchi uch oylikda kelajakdagi sut tishlarining rudimentlari rivojlanayotganda. Agar homilador ayol bu vaqtda shamollab qolsa yoki homiladorligini bilmasdan, xavfli ishlarda ishlagan bo‘lsa, bola tug‘ilishidan oldin ham tishlarga zarar yetishi mumkin.
  • Irsiyat. Ha, afsuski, tish emalining sifati, boshqa narsalar qatori, irsiyat bilan ham belgilanadi.
  • Gigiyena. Oziq-ovqat qoldiqlari, ayniqsa, tarkibida shakar bo‘lsa (aralashmalar, ko‘plab qo‘shimcha ovqatlar) bakteriyalarni ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bu esa tish emaliga zarar yetkazadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tishlarda kariyes paydo bo‘lishining oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish  kerak:

  • Bolani muntazam ravishda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish uchun stomatologga olib boring. Bolani tish shifokoriga 6-18 oyda chaqaloqda birinchi tishlari paydo bo‘lgandayoq olib borish kerak. Shundan so‘ng har olti oyda yoki bir yilda bir marta tish shifokoriga ko‘rinish lozim. Bu nafaqat bolaning tishlarini tekshirish, balki muammoni eng boshida aniqlash uchun ham amalga oshiriladi. Shifokor ko‘rigiga tez-tez borish bolaga stomotologdan qo‘rqmaslikni va bu jarayon og‘riqli emasligini o‘rgatadi. Kelajakda bolalar stomatologlarga ishonadi, bu esa tishlarini tekshirish va davolashga imkon beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

  • Tishlarni tozalash. Tishlarni chiqqandan boshlab kuniga 2 marta tozalash kerak. Agar bola tunda butilkadan aralashma/bo‘tqa ichadigan bo‘lsa, ovqatlangandan keyin tishdagi oziq-ovqat qoldiqlarini yuvish uchun ozgina suv berish kerak.
  • Farzandingizga o‘zingizning qoshiq/sanchiqingizdan ovqat yeyishiga ruxsat bermang; chaqaloqning so‘rg‘ichini og‘zingizga solmang; bolaning kattalar yegan mevani tishlashiga yoki muzqaymoq yalashiga yo‘l qo‘ymang. Voyaga yetgan odamning og‘iz bo‘shlig‘idan bakteriyalar tupuk tomchilari bilan birga bolaning og‘ziga tushishi natijasida kariyes xavfini oshirishi mumkin.