Xonanda Sardor Mamadaliyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Sardor Mamadaliyev ijodining dastlabki yillarida videoklip va qo‘shiqlari badiiy kengashlardan o‘ta olmagani, kliplarini boshqatdan suratga olishga majbur bo‘lgan vaziyatlar haqida gapirib berdi.
San’atga kirib kelgan vaqtlarimda iqtisodiy qiyinchiliklar bo‘lgan. Keyin xarajat qilib suratga olgan kliplarimiz ham arzimas sabablarga ko‘ra telekanallarda “zapret”ga uchragan. Misol uchun, tor ushlab chiqqan klipim “zapret” bo‘lgan. Tor mumkin bo‘lmagan. Keyin yana pul sarflab boshqatdan videoklip suratga olishga majbur bo‘lganmiz. Endi torda nima ayb deysiz? Bu gapni boshqa san’atkorlardan so‘rasangiz, ular ham tasdiqlashi mumkin.Ma’lumot uchun, Sardor Mamadaliyev 1985-yil 10-oktabr kuni Namangan viloyati, Chust tumanida dunyoga kelgan. “Xalqlar do‘stligi” saroyida to‘qqiz marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Oilali, ikki farzandning otasi.Bir kelin ko‘ylak “zapret” bo‘lib qolarmidi. Misol uchun, klipingizda kelin ko‘ylak kiyib chiqqan qiz bo‘lishi mumkin bo‘lmagan. Unday klip badiiy kengashdan o‘tmasdi. Nima uchun desangiz, hech kim buning sababini aytmagan.
Alloh degan so‘zni qo‘shiqlarimizda ishlatish mumkin bo‘lmagan. Agar qo‘shig‘ingizda Alloh degan so‘z bo‘lsa, u qo‘shiq badiiy kengashdan o‘tmagan.
Bu davrlardan o‘tganimiz rost bo‘lsin. Shu davrlardan o‘tishimiz kerak ekan, Xudoga shukr o‘tdik.
O‘zi oldimga qo‘ygan maqsadim to‘g‘riligiga ishonsam qaysarlik qilib, albatta, o‘sha maqsadga yetish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.
Sardor Mamadaliyev, xonanda
Izoh (0)