Dunyo bo‘yicha onlayn do‘konlardagi eng ko‘p sotiladigan tonal kremlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz. Ma’lumotlar bilan tanishgan so‘ng, mazkur tonal kremlar nima uchun eng xaridorgir ekanligini bilib olasiz.
Pro Filt’r Soft Matte Longwear Foundation, Fenty Beauty

Fenty Beauty mahsuloti bo‘lgan ushbu tonal kremning 50 xildagi rangi mavjud. Haqiqatan ham Rianna har bir inson o‘ziga mos rangni topishi uchun ancha harakat qilgan ko‘rinadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Pro Filt’r Soft Matte Long Long Foundation tonal kremi yaltiramaydigan qoplamaga ega. Uni zich qilib surtish mumkinligi uchun ham mazkur krem instablogerlar orasida mashhur. Xonanda yog‘li terida ham kun bo‘yi turadigan tonal krem yaratgan bo‘lib, u haqiqatan ham nomiga mos tarzda ajoyib.
FauxFilter Foundation, Huda Beauty

Bloger Huda Kattan yuzdagi barcha muammolarni yashira oladigan zich tonal asosga ega FauxFilter Foundation’ni tavsiya qiladi. Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘yligi haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim, yoqimli hidga egaligi bilan bir qatorda ushbu krem jilosiz va ko‘zga yaqqol tashlanib turmaydi.
Double Wear Stay-In-Place Liquid Makeup, Estée Lauder

Har bir vizajistning kosmetik sumkasida uchraydigan taniqli mahsulot. Estée Lauder tonal kremi terida uzoq vaqt turishi bilan mashhur bo‘lib, undan to‘g‘ri foydalanish va terini makiyajga to‘g‘ri tayyorlash krem samarasini yanada mukammal qiladi. Zich qoplamaga ega bo‘lgani uchun kundalik makiyajda tonal kremni kosmetik yog‘ yoki suyuq haylayter yordamida suyultirib olish lozim.
Ultra HD Invisible Cover Foundation, Make Up For Ever

Suratga tushishni yaxshi ko‘radiganlarning sevimli mahsuloti, chunki teri yuzasini ideal tekislaydi va kamera qarshisida mukammal ko‘rinishga yordam beradi. Ultra HD Invisible Cover Foundation o‘rtacha qoplamaga ega, shu sababli yog‘li teri uchun foydalanishda T-zonasiga ozgina pudra surtishni maslahat beramiz.
Luminous Silk Foundation, Giorgio Armani

Silliq teri effektiga erishmoqchimisiz? Unda sizga Giorgio Armani’ning Luminous Silk Foundation tonal kremi kerak. Ushbu kremda teriga jilo beruvchi yengil qoplama mavjud. Vizajistlar undan ko‘pincha kelinlar pardozida foydalanadi, chunki u makiyajni yaxshi ushlab turadi, teriga yaxshi singadi va yuzga sog‘lom ko‘rinish beradi.
CC+ Cream with SPF 50+, IT Cosmetics

Ushbu CC tonal kremi terini qanday parvarish qilishni o‘rgatuvchi skincare-blogerlar orasida juda mashhur. Krem o‘rta qoplamali, SPF 50+ va yaxshi parvarish formulasiga ega.
Teint Idole Ultra Long Wear Foundation, Lancôme

Born This Way Foundation, Too Faced

Born This Way Foundation, Too Faced tonal kremi aralash turdagi terida yaxshi natija beradi. Krem yuzda deyarli sezilmaydi va teri yuzasida chiziq qoldirmaydi.
Natural Radiant Longwear Foundation, Nars

Healthy Mix Foundation, Bourjois









