Daryo

Xiaomi kompaniyasi o‘zining silindr-smartfonini namoyish etdi

O‘raladigan ekran va akustik tizim ushbu multimedia qurilmasini filmlar tomosha qilish yoki musiqa tinglash uchun mo‘ljallanganidan dalolat beradi

1 daqiqa o‘qish28 628 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGoDigital

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi bu safar silindrik shaklga ega smartfonni o‘ylab topib, uning dizayni tasvirlangan chizmalar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: 4Pda

Qurilmaning yuqori qismida bitta tugma joylashgan. Aftidan, ushbu tugma smartfonni o‘chirib-yoqish uchun mo‘ljallangan. Korpusning orqa tarafida kameralar tizimini ko‘rish mumkin. Hozircha ushbu model haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.

Silindr-smartfonning ostki qismiga katta dinamik o‘rnatilgan, tasvirlarda razyomlar ko‘zga tashlanmaydi.

Foto: LetsGoDigital

O‘raladigan ekran va akustik tizim ushbu multimedia qurilmasini filmlar tomosha qilish yoki musiqa tinglash uchun mo‘ljallanganidan dalolat beradi. Shuningdek, qurilma hamkasblar yoki mijozlarga biror nimani namoyish etishda qo‘l keladi. Shu bilan birga, smartfon dizayni qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun juda noqulay.

Avvalroq Xiaomi noodatiy dizaynga ega “smartfon-slayder”ni, havo orqali ishlaydigan haqiqiy simsiz quvvatlantirgichni, “sharshara-ekran”ga ega inqilobiy smartfonini taqdim etgandi.

Mavzuga doir: “Yashin-kamera”: Xiaomi noodatiy smartfonni o‘ylab topdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar