Daryo

Ethereum asoschisi Vitaliy Buterin kriptovalyuta orqali dunyoning eng yosh milliarderiga aylandi

Hozir Ethereum’ning bozor kapitalizatsiyasi 389 milliard dollarga baholanmoqda

1 daqiqa o‘qish43 936 ko‘rishlar0 izoh0
Vitaliy Buterin Foto: Forbes

Ethereum kriptovalyutasi asoschisi Vitaliy Buterinning boyligi bir milliard dollardan oshdi, deb yozmoqda Forbes.

Vitaliy Buterin.Foto: Forbes

4-may kuni bitta Ethereum kriptovalyutasining narxi birinchi marta 3000 dollardan oshdi, natijada Buterinning boyligi 333 520 ta kriptovalyuta bilan 1,09 milliard dollargacha ko‘paydi. 2020-yil boshidan buyon ushbu kriptovalyuta deyarli 25 barobarga o‘sdi.

Forbes jurnali 27 yoshli Buterinni kriptovalyuta orqali boylik orttirgan dunyoning eng yosh milliarderi sifatida qayd etdi.

Buterin 1994-yil Moskva viloyatining Kolomna shahrida tug‘ilgan, lekin u olti yoshga kirganda uning oilasi Kanadaga ko‘chib o‘tgan va u o‘sha yerda voyaga yetgan.

Ethereum bitkoindan keyin dunyodagi ikkinchi eng yirik kriptovalyuta hisoblanadi. Hozir uning bozor kapitalizatsiyasi 389 milliard dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, 22 yil davomida dunyoning eng nufuzli insonlari ro‘yxatini tuzib kelayotgan Time jurnali birinchi marta eng nufuzli kompaniyalar ro‘yxatini ham tuzdi, undan Coinbase kriptovalyuta birjasi ham o‘rin oldi.

Avvalroq bitkoinning anonim asoschisi dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 750 mingdan 1,1 milliongacha kriptovalyuta tangalariga egalik qiluvchi, Satosi Nakamoto taxallusi bilan tanilgan bitkoin asoschisining boyligi 61 milliard dollarga yetdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar