Daryo

Farg‘onada ikki Damas to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish64 518 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyati Quva tumanida ikki Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 28-aprel kuni M.S. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomashinasini “Xonobod” MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘ng chetida to‘xtab turgan E.Sh.ning Damas avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda yo‘l chetida turgan Damas haydovchisi E.Sh. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Bundan avval Dehqonobodda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt haydovchisi “Jiguli”ga urilgani, Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti’ning 25 yoshli haydovchisi vafot etgani hamda Namanganda yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida 2 yoshli bola vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar