Daryo

Rasman: 33 yoshli Yulian Nagelsmann yozda “Bavariya” bosh murabbiyiga aylanadi

Nagelsmann “Bavariya” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan

1 daqiqa o‘qish38 297 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Leypsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi.

Foto: Twitter

33 yoshli mutaxassis 2021-yilning 1-iyulidan myunxenliklar boshqaruvida ish boshlaydi. Bu haqida har ikki klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Nagelsmann “Bavariya” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

“Bavariya” jamoaning ayni damdagi bosh murabbiyi Hans Diter Flik bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishgan. Aslida 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi 2021-yilning yozida yakunlanadigan bo‘ldi.

Avvalroq Nagelsmann yangi jamoasida yiliga 8 million yevro maosh olishi xabar qilingandi. “Bavariya” barcha bonuslarni inobatga olgan holda “Leypsig”ga 25 million yevro kompensatsiya to‘laydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar