Daryo

Har qanday vaziyatda hamma uchun qo‘l keladigan 9 ta layfxak

Kundalik turmushda oddiy paketdan smartfon ushlab turgichdan tortib, mix qoqishda tabletka blisteridan ham foydalanish mumkin

1 daqiqa o‘qish37 666 ko‘rishlar0 izoh0

Kundalik turmushda oddiy paketdan smartfon ushlab turgichdan tortib, mix qoqishda tabletka blisteridan ham foydalanish mumkin.

1. Smartfon uchun eng oson va arzon ushlab turgich sifatida oddiy zip-lock paketidan foydalanish mumkin.

Foto: Lifehacker

2. Bu borada chamadonning tutqichlaridan ham foydalansa bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

3. Agar oshxonada unni elash uchun hech narsa bo‘lmasa, oddiy pishloq qirg‘ichi qo‘l keladi.

Foto: Lifehacker

4. Mayda mix qoqayotganda barmoqqa bolg‘a bilan urib olmaslik uchun tabletka blisteridan foydalanish mumkin.

Foto: Lifehacker

5. Plastmassa qopqoqni ocholmasangiz, unga oddiy rezinka lentani o‘rang. Bu qopqoq aylanishini osonlashtiradi.

Foto: Lifehacker

6. Tovaga mos qopqoq bo‘lmasa, kapgir bilan kichikroq qopqoqdan ham foydalanish mumkin. Harqalay yo‘qdan ko‘ra yaxshiroq variant.

Foto: Lifehacker

7. Oddiy sirg‘a yordamida smartfonning SIM-karta turadigan joyini ochish mumkin.

Foto: Lifehacker

8. Cho‘milish paytida hammom oynasi parlanmasligi uchun ko‘zgu ostiga sham yoqib qo‘ying.

Foto: Lifehacker

9. Qoshiq, sanchqilarni quritishga joy yo‘qmi? Rakovina ustiga qo‘yilgan elakdan foydalaning.

Foto: Lifehacker
Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar