Har kuni mazali va turfa xil taom tayyorlash bekajonlarning eng birinchi vazifasidir. Chunki oila a’zolarini nonushta, tushlik va kechki ovqatsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bekajonlarga yordam tariqasida tezroq hamda taomlarni oson pishirishda qo‘l keladigan layfxaklarni taqdim etamiz.

Makaronni tovada pishiring

Makaron mahsulotini pishirish uchun uzoq vaqt suv qaynatib o‘tirish shart emas. Shunchaki tovaga sovuq suv quyiladi hamda makaron mahsulotidan keraklicha qo‘shiladi. Mahsulot boshqa idishdagiga nisbatan tezroq pishadi va bir-biriga yopishib ketmaydi.
Don va dukkakli mahsulotlarni ivitish

Donli va dukkakli mahsulotlarni ivitish orqali ularning tarkibidagi tanada so‘rilmaydigan fitin kislotasidan xalos bo‘lish mumkin. Shuningdek, suvga bo‘ktirilgan mahsulotlar tez pishishi bilan yanada vaqtni tejaydi.
Ortiqchasini muzlatish mumkin

Juda ko‘p pishirib yuborilgan mahsulotlarni muzxonada saqlash mumkin. Keyinchalik hafta davomida oz-ozdan ishlatishga qulay bo‘ladi va bu orqali taom tezroq tayyorlanadi.
Sabzavot va mevalarni muzlatib qo‘ying

Har qanday taom uchun tayyorlangan sabzavotlarni maxsus idishlarga solib muzlatib qo‘yish mumkin. Keyingi safar ularni tozalab va to‘g‘rab o‘tirish uchun vaqt ketmaydi. Shuningdek, mevalar ham sifatini o‘zgartirmasligi uchun muzlatib qo‘yish tavsiya etiladi.
Taomga sarimsoqni oxirida qo‘shing

Oldindan tozalangan sarimsoqni taomga oxirida qo‘shish tavsiya etiladi. Chunki taomni qovurish vaqtida qo‘shilgan sarimsoq unga achchiq maza berish mumkin. Shuningdek, sarimsoq tarkibida allin va enzim fermentlari mavjud bo‘lib, ular foydali allitsin birikmasini hosil qiladi. Sarimsoq tozalanganmaguncha fermentlar bir-birdan ajralib turadi. Shuning uchun ularni ertaroq tozalagan ma’qul.
Go‘shtni metall idishda muzlating

Go‘sht mahsulotlarini muzdan eritish uchun ko‘pchilik mikroto‘lqinli pechdan foydalanadi. Shuning uchun ularni muzlatishda metall idishdan foydalanish yaxshiroq. Sababi metall chinni yoki keramikaga qaraganda tezroq qiziydi va mahsulotni eritishda kam vaqt talab etadi.
Zanjabilning “yoshi”ni tanlang

Zanjabil ta’mini yoqtiruvchilar ularni tozalashni xohlamasa, iloji boricha “yoshi”ni tanlashi kerak. “Yosh” ildizni shunchaki qirg‘ichdan o‘tkazish ham oson.
Achchiq garmdorini muzlatib qo‘ying

Odatda garmdori butunligicha taomga solinadi hamda u shundayligicha qoladi. Ularni isrof qilmaslik uchun maxsus idishga solib, muzlatib qo‘yish mumkin. Keyingi safar taom uchun yana ishlatish samara beradi.
Sabzavotlarni tozalamang

Sho‘rva yoki ragu uchun sabzavotlar po‘stini qalin tozalash shart emas. Shunchaki yaxshilab yuvilib, yupqa po‘stini olish kerak. Shunda ular o‘zida ko‘proq foydali moddalarni saqlab qoladi.
Tuxum sarig‘ini oqidan ichimlik idishi yordamida ajrating









