Daryo

Bollivud yulduzlari Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchan to‘yining 14 yilligini nishonladi

Abhishek va Ayshvariya eng yaxshi munosabatlar do‘stlikdan boshlanishining isbotidir

2 daqiqa o‘qish57 732 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yandeks Dzen”

2021-yilning 20-aprel kuni Bollivudning eng taniqli juftliklaridan biri – Abhishek Bachchan va Ayshvariya Ray to‘yining 14 yilligini nishonladi. O‘tgan yillar mobaynida juftlik to‘g‘risida omaviy axborot vositalari tomonida turli xil mish-mishlar tarqatildi. Ulardan eng qiziqlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Yandeks Dzen”

Sobiq do‘stlar soyasi

Juftlikning nikoh marosimida paydo bo‘lgan model Jaxanvi Kapur – Abhishekning sobiq sevgilisi ajoyib tomosha ko‘rsatgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, Abhishek faqat unga tegishli bo‘lishi kerakligi, aks holda ularning ko‘z o‘ngida tomirini kesishi bilan tahdid solgan.

/>Foto: “Yandeks Dzen”

Shuningdek, juftlikning nikoh to‘yi Ayshvariyaning sobiq do‘stida stressni keltirib chiqargan. Shri-Lanka fuqarosi Niroshan Devapriya Ray bilan yaqin munosabatda bo‘lganligi va uning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazgani uchun aktrisani sudga berishini ma’lum qilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qaynona va kelin munosabati

Ma’lum bo‘lishicha, Ayshvariya alohida uyda yashashni va turmush o‘rtog‘ini uning ota-onasidan uzoqlashtirishni orzu qilgani haqidagi mish-mishlar ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqalmoqda. Unga ko‘ra, aktrisa oilasining jilovini ushlab turadigan qaynonasi – Jaya Bachchan tufayli aziyat chekkan.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Dhoom 2” kartinasidagi ochiq sahnalar

Ayshvariyaning mahoratli akrisa ekanligi hech kimga sir emas, ammo u oilali bo‘lganidan so‘ng bir qancha mezonlar o‘zgargan. Aktrisaning oila a’zolar “Dhoom 2” kartinasida Ritik Roshan bilan birgalikdagi ochiq sahnalarni tanqid qilgan, natijada ularni kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Asal oyi

Juftlikning Florensiyadagi asal oyi bir umrga yodda qolarli bo‘lishi mumkin edi. Ammo rejissor Mani Ratnamaning “Guru” filmi reklama kompaniyasi tomonida to‘liq rad etilishi ularni ham bezovta qilgan. Shuningdek, Rani Mukerji tufayli “Qurbon bo‘lgan farishta” filmining suratga olish jadvaliga ham o‘zgartirish kiritilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Abhishek va Ayshvariya eng yaxshi munosabatlar do‘stlikdan boshlanishining isbotidir. “Sevgi haqida bir nechta so‘z”, “Qalbdagi muz” filmlarining suratga olinish jarayonidagi iliq munosabatlariga qaramay, ular darhol ishq dardiga mubtalo bo‘lmadi. Faqatgina “Guru” filmi bunga yo‘l ochdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Muhabbat ramzi o‘laroq Abhishek Ayshvariyaga qimmatbaho olmos uzuk sovg‘a qilmagan. Buning o‘rniga u “Guru” filmida foydalanilgan uzukni hadya etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Oilaning kamtarona to‘y o‘tkazishga urinishiga qaramay, juda ko‘p pul sarflangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 million rupiya, ya’ni 266 ming dollar ishlatilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Shu kungacha ommaviy axborot vositalari Ayshvariya hamda Abhishekni necha marta “ajratgan” bo‘lsa-da, ular hanuz baxtli hayot kechirmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar