Daryo

Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Nexia haydovchisiga sud hukmi o‘qildi

Haydovchi uch yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

1 daqiqa o‘qish69 082 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryoda 2021-yilning yanvarida quvib o‘tish qoidasini buzib, odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan Nexia-2 haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud matbuot xizmati unga nisbatan qanday jazo tayinlanganini ma’lum qildi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Voqea 26-yanvar kuni xalqaro ahamiyatli M-41 avtomobil yo‘lining “Termiz—Jarqo‘rg‘on” yo‘nalishi 1611-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi qarindoshining nomiga rasmiylashtirilgan avtomashinani haydash huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqarib, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi harakat bo‘lagiga o‘tib, bir nechta transport vositalarini katta tezlikda quvib o‘tib, chap tomonga qayrilishni amalga oshirayotgan Nexia-3’ning old chap tomoniga borib urilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

To‘qnashuv oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomon chetiga bir necha marta ag‘darilib ketgan. Oqibatda ushbu mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan ikki ayol va bir nafar voyaga yetmagan bola vafot etgan.

Nexia-2 haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan uch yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Avvalroq Surxondaryoda Cobalt va Spark to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani, haydovchilardan biri 8 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar