Daryo

Smartfon ishlab chiqaruvchilar orasidagi yetakchi kompaniya nomi ma’lum bo‘ldi

2021-yilning dastlabki uch oyi ichida butun dunyo bo‘ylab Samsung kompaniyasi eng ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish67 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

2021-yilning dastlabki uch oyi ichida butun dunyo bo‘ylab Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi eng ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Strategy Analytics hisobotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Birinchi chorak davomida Samsung 77 million dona gadjet sotgan — bu bozorning 23 foizi demak.

Ikkinchi o‘rinni Apple (57 million dona smartfon va bozorning 17 foizi) egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona Xiaomi’ga (49 million dona smartfon va bozorning 15 foizi) nasib etdi.

Reytingdagi to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Xitoyning BBK korporatsiyasining bo‘linmalari egalladi — Oppo (23 million smartfon va bozorning 11 foizi) hamda Vivo (20 million smartfon va bozorning 11 foizi).

Ta’kidlanishicha, butun dunyo bo‘ylab smartfonlar savdosi sezilarli darajada oshgan. 2021-yilning birinchi choragida jami 340 million dona smartfon sotilgan — 2020-yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 275 millionni tashkil etgandi.

Gadjetlarga bo‘lgan qiziqishning oshishi 5G texnologiyasining tarqalayotgani bilan bog‘lanmoqda.

Avvalroq Samsung o‘zining birinchi “garmoshka” planshetini taqdim etishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: 2021-yilning boshida eng ko‘p sotilgan 10 ta smartfon nomi ma’lum bo‘ldi. Ularning oltitasi iPhone modellari

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar