Daryo

Ilon Mask Tesla’ning Texasda qurilayotgan zavodiga Cybertruck’da keldi

Pikapga futuristik rul-shturval va yangilangan Tesla Model S’dagi kabi 17 dyuymli displey o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish63 436 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / Tesla

Amerikalik biznesmen, milliarder, Ilon Mask Tesla’ning Texasda qurilayotgan Giga Texas zavodiga Cybertruck elektromobilida keldi. Bu haqda Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Foto: Twitter / Tesla

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Maskning ishchilar qarshisida qilgan chiqishi tasvirlangan suratlarni, shuningdek, elektromobil saloni tasvirlarini e’lon qilmoqda. Pikapga futuristik rul-shturval va yangilangan Tesla Model S’dagi kabi 17 dyuymli displey o‘rnatilgan.

Avtomobilni seriyali ishlab chiqarish 2021-yilga rejalashtirilgan, biroq aniq muddat hozirga qadar noma’lum.

Ilon Mask Tesla Cybertruck pikapini 2019-yilning noyabrida taqdim etgandi. Elektromobil korpusi zanglamaydigan sovuq katondan ishlangan, oynalari Tesla texnologiyasi bo‘yicha zirhlangan. Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi avtomobil 9 millimetrli pistolet o‘qlariga bardoshli.

Foto: Twitter / Tesla
Maskning o‘zi futuristik dizaynga ega pikap rulida bir necha bor ko‘rinish bergan. Masalan, 2020-yilning mayida Mask Cybertruck pikapida yerosti tunneli bo‘ylab sayr qilgandi.

Mavzuga doir: Tesla Cybertruck pikapiga eshik tutqichlar umuman o‘rnatilmasligi ma’lum bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar