Daryo

Yoqutiston uzra olovli shar uchib o‘tdi. Uning nima ekanligi noma’lum

Taxminlarga ko‘ra, u meteorit yoki osmonda yonayotgan kosmik chiqindi bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish45 312 ko‘rishlar0 izoh0

Yoqutistondagi Ust-Nera posyolkasi uzra yorqin obyekt uchib o‘tdi, deb xabar beradi Meduza. Taxminlarga ko‘ra, u meteorit yoki osmonda yonayotgan kosmik chiqindi bo‘lishi mumkin.

https://www.instagram.com/p/CMUQ39bBXSU/

Bu esa o‘sha obyektning boshqa rakursdan olingan videosi.

https://www.instagram.com/p/CMUXNuWB5dn/

Telegram’dagi Mash kanalining Chelyabinsk meteoritini tadqiq etgan Ural federal universiteti professori Viktor Goroxovskiyga tayanib yozishicha, bu biror kosmik jism emas, balki Xalqaro kosmik stansiya bortidan tashlangan chiqindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 11-mart kuni chindan ham XKS bortidan chiqindilar mavjud platforma — eski nikel-vodorod akkumulyatorlari tashlangan. Biroq mazkur akkumulyatorlar Yerga bunchalik tez yetib kelishi kerak emas: NASA’ning ma’lum qilishicha, chiqindi “Yer atrofida ikki—to‘rt yil aylanadi, shundan so‘ng, atmosferada xavfsiz yonib ketadi”.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda 23-dekabr kuni meteorit ekanligi taxmin qilingan katta olovli shar osmon bo‘ylab uchib o‘tgandi.

Mavzuga doir: Braziliyaga meteoritlar yomg‘iri yog‘ib, mahalliy aholini boy qilib yubordi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar