Daryo

Xiaomi Mi 11i ajoyib kamerofon bo‘lib chiqdi (foto)

Smartfon yetarli darajada yoritilmagan joylarda ham ajoyib suratlarni taqdim eta olishini isbotladi

1 daqiqa o‘qish25 960 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Wylsacom

Xiaomi’ning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yangi Xiaomi Mi 11i smartfonining turli kameralari yordamida olingan qiziqarli suratlar e’lon qilindi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: Wylsacom

Suratlar jamlanmasi qurilmaning turli kameralari tomonidan olingan bo‘lib, smartfon yetarli darajada yoritilmagan joylarda ham ajoyib suratlarni taqdim eta olishiga isbot bo‘la oladi.

Foto: Twitter / Xiaomi

Xiaomi Mi 11i modeli Redmi K40 Pro+’ning Yevropa bozori uchun nomi o‘zgartirilgan versiyasi hisoblanadi. Smartfonga bir kristalli Qualcomm Snapdragon 888 protsessori, 120 gertsi yangilanish chastotasiga ega 6,67 dyuymli Samsung AMOLED E4 displeyi o‘rnatilgan.

Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi

Asosiy kameralari 108, 8 va 5 megapikselli datchiklar bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 4520 mA/soat bo‘lib, 33 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Smartfon Android 11 boshqaruvidagi MIUI 12.5 operatsion tizimida ishlaydi va Wi-Fi 6E, NFC, stereofonik ovoz kuchaytirgich bilan jihozlangan va IP53 himoyasiga ega.

Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi
Foto: Twitter / Xiaomi
Yevropada Mi 11i’ning 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega bazaviy versiyasi 650 yevrodan sotilmoqda.

Mavzuga doir: Xiaomi smartfonlarni “xuddi fastfud” kabi sotmoqda. Xitoyda Mi Home do‘konlari soni 5000 taga yetdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar