Daryo

Ukraina kosmik agentligi Ilon Mask bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

Avvalroq 12-aprel Yuriy Gagarin koinotga chiqqanining 60 yilligi kuni, Vladimir Zelenskiy Ukrainasiz insoniyatning koinotga birinchi parvozi ilojsiz edi, deb ta’kidlagan

1 daqiqa o‘qish19 945 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

Ukraina davlat kosmik agentligi SpaceX va Tesla kompaniyalarining asoschisi Ilon Maskka hakmorlik taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda agentlik rahbari Vladimir Taftayga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

“Mask bilan hamkorlik masalasida aytishim mumkinki, ha, biz uni qo‘shma loyihalarida ishlashga taklif qilishni rejalashtiryapmiz”, — dedi u “Ukrinform” agentligiga bergan intervyusida.

Avvalroq 12-aprel Yuriy Gagarin koinotga chiqqanining 60 yilligi kuni, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainasiz insoniyatning koinotga birinchi parvozi ilojsiz edi, deb ta’kidladi.

“Ukrainasiz insoniyatning koinotga birinchi parvozi ilojsiz edi. 60 yil avval ukrainalik muhandislar kosmik dasturning yaratilishida ishtirok etgan”, — dedi davlat rahbari.

2021-yilning 13-yanvar kuni Ukraina hukumati 2021—2025-yillar uchun milliy koinot dasturi konsepsiyasini ma’qullagani ma’lum bo‘ldi, uni amalga oshirish uchun taxminan 30 milliard grivna (1,07 milliard dollar) sarflash rejalashtirilgan.

12-yanvar kuni sobiq Sovet Ittifoqining raketa va kosmik texnologiyalar konstruktori Sergey Korolyovning tug‘ilgan kunida Zelenskiy uni “ukrainalik buyuk olim” deb atadi, shuningdek, u Ilon Maskni konstruktorning vatani Jitomirdagi Kosmanavtika muzeyiga taklif qildi.

12-aprel Rossiyada kosmonavtika kuni hisoblanadi. 1961-yilning 12-aprel kuni kosmonavt Yuriy Gagarin “Vostok” raketasi va shu nomdagi kosmik kema bortida Baykonur kosmodromidan koinotga uchgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar