Daryo

Xiaomi Mi 11 kamerasi yordamida National Geographic ruhidagi rolik tasvirga olindi

Agarda smartfon kamerasiga olingan materialning ranglari tahrirlanmagan bo‘lsa, uning suratga olishdagi dinamik diapazoni ajoyib holatda

1 daqiqa o‘qish31 652 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Weibo / Xiaomi

Xiaomi’ning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xiaomi Mi 11 kamerasi yordamida tasvirga olingan rolik paydo bo‘ldi, deb yozadi IXBT. Aslini olganda, kameralar bir nechta — video avvalida kvadrokopterga bir juft Mi 11 maxsus moslama yordamida qotirilganini ko‘rish mumkin.

Kadr: YouTube

Video juda jozibali va ranglarga boy chiqqan. “Kameralarning barqarorlashtirgichi ajoyibligi haqida gapirish mumkin edi, biroq smartfonlar kvadrakopterga qattiq qotirilmagan, shu sababli maxsus moslama vibratsiya holatlarini kamaytirgan”, — deyiladi xabarda.

Agarda smartfon kamerasiga olingan materialning ranglari tahrirlanmagan bo‘lsa, uning suratga olishdagi dinamik diapazoni ajoyib holatda ekanligidan dalolat beradi.

Shuningdek, Xiaomi o‘zining rasmiy akkauntiga Mi 11’ning 13 megapikselli keng burchakli kamerasi yordamida olingan bir nechta suratni joylashtirgan.

Foto: Weibo / Xiaomi
Foto: Weibo / Xiaomi
Foto: Weibo / Xiaomi
Foto: Weibo / Xiaomi
Foto: Weibo / Xiaomi
Foto: Weibo / Xiaomi
Avvalroq Xiaomi Mi 11’da tunda suratga olishni ta’minlovchi “aqlli” rejim paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi Mi 11 qutisidan quvvatlantirgich o‘rin olmasligi rasman ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar