Daryo

Shifokorlar oshqozon saratoniga olib keladigan mahsulot nomini ma’lum qildi

To‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari xarid qilingan kolbasani uy sharoitida tayyorlanganiga yoki go‘sht mahsuloti bilan almashtirishni maslahat beradi

1 daqiqa o‘qish78 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tengrinews

Shifokor hamda teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov kolbasa mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish oshqozon saratoniga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

“Barcha kolbasa mahsulotlari 2015-yilda kanserogenlar ro‘yxatiga kiritilgan. Kolbasa rasmiy kanserogen hisoblanadi” − deydi mutaxassis “Rossiya 1” telekanalida.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kolbasa tarkibida ko‘p miqdorda transyog‘ va tuz bo‘lganligi sababli ushbu mahsulotni ortiqcha iste’mol qilish organizm uchun zararli sanaladi.

To‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari xarid qilingan kolbasani uy sharoitida tayyorlanganiga yoki go‘sht mahsuloti bilan almashtirishni maslahat beradi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar