Daryo

Mutaxassislar saratonning kutilmagan simptomlari haqida ma’lumot berdi

Osilgan qovoqlar o‘pka saratonidan darak berishi mumkin, deyiladi xabarda

1 daqiqa o‘qish38 261 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pixabay.com

AARP notijorat tashkilotining mutaxassislari organizmda saraton rivojlanayotganidan dalolat beradigan va aksariyat hollarda e’tibordan chetda qoladigan besh asosiy simptom haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Express nashri xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Radiologie.de

Rivojlanishining dastlabki bosqichida darmonsizlik kuzatilmagani sabab ham saraton belgilarini payqash qiyin bo‘ladi. Osilgan qovoqlar o‘pka, yutinishning qiyinlashishi qizilo‘ngach, shamollash bilan bog‘liq bo‘lmagan ovoz bo‘g‘ilishi esa hiqildoq saratonidan darak beradi.

Mutaxassislarning fikricha, qorin shishining o‘tib ketmasligi tuxumdonlar saratoniga xos simptom bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, peshob rangining o‘zgarishiga ham diqqat qaratish kerak. Peshobning to‘q jigarrang bo‘lishi oshqozon osti bezining, qizg‘ish bo‘lishi esa siydik pufagi, buyraklar yoki prostata bezi saratoniga xos alomat bo‘lishi mumkin.

Avvalroq dunyoda eng keng tarqalgan saraton turlari haqida ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, 2020-yilda saraton kasalliklari orasida o‘lim holatining eng yuqori ko‘rsatkichi o‘pka saratoniga chalinganlarda qayd etilgani, undan keyin kollekterial saraton, jigar saratoni, oshqozon va ko‘krak saratoni bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar