Milanning “Inter” klubi yangi logotipni namoyish qildi.
Yangi logotip uch rangdan iborat: aylana hoshiyasi qora rangdan iborat, uning ichidagi doira esa ko‘k rangda. Markazda esa oq rangda I va M harflari joylashgan — Internazionale Milano.
Eski ramzdagi FC yozuvi, shuningdek, oltin rang yo‘qolgan. Ko‘k rang esa nisbatan yorqinlashgan.


Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!








