Daryo

Dunyodagi eng arzon mashinalar ro‘yxati tuzildi. Undan Chevrolet Spark ham o‘rin olgan

Ro‘yxatdagi modellar ixchamligi, oddiy jihozlangani, motorining kuchsizligi va bazaviy xavfsizlik darajasiga ega ekani bilan ajralib turadi

2 daqiqa o‘qish117 415 ko‘rishlar0 izoh0
Chevrolet Spark

Kanadaning HotCars nashri dunyodagi eng arzon mashinalar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Undan sakkizta yengil mashina o‘rin olgan bo‘lib, ular ixchamligi, oddiy jihozlanganligi, motorining kuchsizligi va modelni bozorga chiqarish uchun kerak bo‘ladigan bazaviy xavfsizlik darajasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi, deb yozadi Motor. Ro‘yxatdan General Motors’ning Spark modeli ham o‘rin olgan.

Nashr tomonidan tanlangan modellar orasida Xitoy va Hindistondan tashqari, Yevropa va AQShda ishlab chiqarilgan mashinalar ham o‘rin olgan. Ro‘yxatdagi eng qimmat avtomobil Mitsubishi Miragi hisoblanadi — 14 990 dollar. Ro‘yxatni tuzganlarning ta’kidlashicha, yapon xetchbeki oddiy haydovchilar uchun, avtomobilni A punktidan B punktiga yetib olishda foydalaniladigan transport sifatida qaraydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Mitsubishi Miragi

Yettinchi o‘rin ikki o‘rindiqli Smart ForTwo’ga nasib etgan — Yevropadagi eng arzon avtomobil (14 650 dollar). Fransiyada zavodda ishlab chiqarilib, dunyoning 46 mamlakatida sotilayotgan ushbu orqa uchatmali kichkina xetchbekdan Yevropaning tor ko‘chalarida foydalanish qulay.

Foto: Smart ForTwo

Ro‘yxatning oltinchi pog‘onasi 2002-yilda General Motors sotib olguniga qadar Daewoo markasi ostida ishlab chiqarilgan 14 400 dollarli Chevrolet Spark’ka nasib etdi. Spark AQSh bozoridagi eng arzon yangi mashina eganligiga qaramay, u Hindistondagi eng arzon mashinadan to‘rt barobar qimmat.

Foto: Chevrolet Spark

Ro‘yxatdagi navbatdagi o‘rin Ruminiyaning Dacia Sandero modeliga nasib etgan — Buyuk Britaniyadagi eng hamyonbop avtomobilning qiymati 8300 dollarni tashkil etadi. Avtomobil 2007-yilda konveyerdan chiqqan va hozirga qadar uch avlod o‘zgargan.

Foto: Dacia Sandero

To‘rtinchi pog‘onada Rossiyaning Lada Granta’si joylashdi — 6,7 ming dollar. Kanadaliklarning ta’kidlashicha, Lada sifatining yomonligi va xavfsizlik darajasining pastligi bilan tanilgan.

Foto: Lada Granta

Uchinchi pog‘ondan reytingdagi yagona elektrokar — Hong Guang Mini EV o‘rin olgan bo‘lib, u Xitoydagi “yashil” avtomobillar orasida mashhurlik bo‘yicha Tesla Model 3’dan keyin turadi. Kichkina avtomobil 2020-yilning yozida taqdim etilgan, 2021-yilning yanvarida esa uning 160 ming nusxasi sotilgan. Mashina narxi 4400 dollar.

Foto: Hong Guang Mini EV

Maruti Suzuki Alto 4100 dollarlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. To‘rt eshikli xetchbek Hindistondagi eng arzon va eng ko‘p sotiladigan modellardan biri hisoblanadi.

Foto: Maruti Suzuki Alto

Ro‘yxatdagi eng arzon model 2015-yilda Hindiston bozori uchun maxsus yaratilgan Renault Kwid bo‘ldi. Uni 3900 dollarga xarid qilish mumkin.

Foto: Renauilt Kwid

Mavzuga doir: AQShda haydovchilarning ziyrakligi ulkan paxmoq ayiq yordamida tekshirildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar