Daryo

Armanistonda sentabrdan buyon amal qilib kelgan harbiy holat bekor qilindi

Mamlakatdagi harbiy holat 2020-yilning 27 sentabrida, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro avj olgan paytda joriy etilgandi

1 daqiqa o‘qish21 068 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Armaniston Milliy assambleyasining yalpi majlisida Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tufayli mamlakatda 2020-yilning sentabr oyi oxirida o‘rnatilgan harbiy holat bekor qilindi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Xabarga ko‘ra, deputatlarning 118 nafari harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi, bir nafari qarshi chiqdi, bir nafari esa betaraf qoldi.

Harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi “Obod Armaniston” va “Nurli Armaniston” muxolifat fraksiyalari tomonidan taklif qilingan.

Bundan avval Milliy assambleya raisi Ararat Mirzoyan muddatidan oldingi parlament saylovlari e’lon qilinishi munosabati bilan “yaqin kelajakda hukumat harbiy holatni bekor qilish jarayonini boshlashi kerak” deb ta’kidlagan. Shuning uchun Mirzoyan ushbu loyihaga ovoz berishni yoqlagan.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlari 20-iyun kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. Spiker o‘rinbosari Alen Simonyanning so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan saylovgacha hukumat tepasida qoladi.

Armanistondagi siyosiy inqiroz hamda Pashinyanning iste’fosini talab qiluvchi norozilik namoyishlari 2020-yil 10-noyabrda hukumatning Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari bilan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolangandan so‘ng boshlandi. Ushbu shartnomaga binoan Boku Qorabog‘ hududining bir qismi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Olimlar, madaniyat arboblari, barcha katolik armanlar rohibi Garegin II, Armanistonning uch nafar sobiq prezidenti, shuningdek, Bosh shtab qo‘mondonligi Pashinyanni iste’foga chiqishga chaqirdi.

Armaniston hukumati mamlakatdagi harbiy holatni 2020-yilning 27 sentabrida, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro avj olgan paytda joriy etgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar