Daryo

Olimlar nur taratuvchi tolalar yordamida displey-mato yaratdi

Ixtironing o‘z muqobillaridan yana bir muhim farqi — matoning butun yuzasi emas, balki alohida piksellari nur taratadi

1 daqiqa o‘qish48 586 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Glamour

Xitoy, Germaniya, AQSh va Avstraliyadan bo‘lgan bir guruh muhandislar o‘zlarining yangi ixtirosi — namlikdan, deformatsiya va cho‘zilishdan “qo‘rqmaydigan” yorug‘lik tarqatuvchi toladan tayyorlangan matoni taqdim etdi, deb yozadi Glamour.

Foto: Glamour

Ixtironing o‘z muqobillaridan yana bir muhim farqi — matoning butun yuzasi emas, balki alohida piksellari nur taratadi. Ya’ni bu turdagi matodan “aqlli” kiyimlar uchun displey sifatida foydalanish mumkin. Olimlar kurtka yengini shu kabi navigatorga aylantirib, buni namoyish etgan.

Ta’kidlanishicha, gap yechiladigan elektronika yoki yorug‘lik tarqatuvchi elementlar haqida emas, balki aynan smartfon orqali uzatilayotgan algoritmlarni tanlash xususiyatiga ega matoning o‘zi haqida gap ketmoqda.

O‘z egasi yoki atrof-muhit bilan aloqa o‘rnatishga qodir “aqlli” kiyim konsepsiyasi olimlar va dizaynerlar o‘rtasida juda mashhur. Tadqiqotchilarning taxminicha, “aqlli” kiyim elektronika vositalarini ishlab chiqarishni qisqartirishga imkon beradi, moda brendlari esa jismoniy buyumlar ishlab chiqarilishini tejashga umid qilmoqda.

Foto: Glamour
Avvalroq shveysariyalik olimlar antivirus jinsilarni yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘z-o‘zini qayta tiklaydigan kiyim yaratildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar