Daryo

Porsche yo‘ltanlamas universali va elektrovelosipedlarini namoyish etdi

Cross Turismo’ning barcha jamlanmasi ikkita elektromotor va 93,4 kilovatt-soatli Performance Plus batareyalari bilan jihozlangan

2 daqiqa o‘qish26 392 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Topgear

Porsche kompaniyasi o‘zining flagman elektromobilining yangi versiyasi — Taycan Cross Turismo’ni taqdim etdi. Bu to‘liq uzatmali yo‘ltanlamas elektrouniversal hisoblanadi. Shuningdek, Porsche premium-klassga oid ikkita elektrovelosiped — eBike Sport va eBike Cross’ni ham namoyish etgan, deb yozadi “Afisha.uz”.

Foto: Topgear

Porsche eBike Sport va eBike Cross

Velosipedlarga Shimano EP8 dvigatellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular soatiga 25 kilometr tezlikkacha harakatlana oladi. Porsche eBike ramasi 120 kilogrammgacha ishchi yukni ko‘tarishga qodir.

Foto: Topgear

eBike Sport modeli uzatmalarni elektr almashtirish tizimi, yorug‘lik diodli faralar bilan jihozlangan va shahar sharoitida kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. eBike Cross o‘n ikki pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi, issiqbardoshli gidravlik diska tormozlari va rul qismida rangli displeyga ega. U o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda ham harakatlana oladi.

Foto: Topgear

Ikkala model ham 2021-yilning kuzida sotuvga chiqadi. Porsche eBike Sport narxi rasman 10,7 ming dollarni, eBike Cross esa 8549 dollarni tashkil etadi.

Taycan Cross Turismo

Elektromobil Taycan sedani bazasida qurilgan besh eshikli kuzovga ega. Yangi modelning old yukxonasi sig‘imi 84 litrni, orqasi esa 446 litrni tashkil etadi. Porsche Taycan Cross Turismo’ning barcha jamlanmasi ikkita elektromotor va 93,4 kilovatt-soatli Performance Plus batareyalari bilan jihozlangan. Bir marta quvvatlanish orqali mashina 388—395 kilometr masofa bosa oladi.

4 Cross Turismo’ning bazaviy modeli standart rejimda 380 ot kuchini, Launch Control faol tizimida esa 476 ot kuchini taqdim etishga qodir. 4S Cross Turismo versiyasi esa kuchliroq: 490 ot kuchican 571 ot kuchigacha. 4 Cross Turismo soatiga 100 kilometr tezlikka 5,1 soniyada, 4S Cross esa 4,1 soniyada erishadi.

Foto: Topgear

Taycan Cross Turismo quvvati 625 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanadi va u dastlabki 100 kilometr tezlikka 3,3 soniyada erishadi. Eng kuchli Taycan Cross Turismo — Turbo S versiyasiga 625 ot kuchini taqdim etishga qodir motor o‘rnatiladi va u 100 kilometr/soatga 2,9 soniyada erishadi.

Haydovchi va yo‘lovchi qulayligi uchun avtomobil Apple CarPlay, adaptiv kruiz-nazorat, harakat yo‘nalishini ushlab turish funksiyasi, proyeksion displey, 14 yo‘nalishdagi massaj o‘rindiqlari va Bose hamda Burmaster audiotizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Porsche Taycan Cross Turismo 2021-yilning yozida sotuvga chiqadi. Yevropada rasmiy narxi 93,6 ming yevrodan boshlanadi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar