Daryo

Yulduzlarning ularga o‘xshash uchun millionlab pul sarflagan muxlislari (foto)

Amerikalik Debora Devenport kumiri, aktrisa Keytga o‘xshash uchun 15 ming dollarga yaqin pul sarflagan

2 daqiqa o‘qish86 590 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Cosmopolitan

Kunlardan bir kuni o‘z kumirlariga o‘xshashga qaror qilgan va bu maqsad yo‘lida millionlab pul sarflagan muxlislar haqida ma’lumot beramiz.

Nadya Sulaymon – Anjelina Joli

Foto: Cosmopolitan

Aktrisaning eng taniqli muxlislaridan biri bo‘lgan Nadya, uning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki yashash tarziga ham taqlid qiladi. Plastika operatsiya hech narsa emas, Jolining ortidan u ham ko‘p farzandli ona bo‘lishga qaror qilgan. Farq shundaki, Anjelina bolalarini asrab olgan, Nadya esa ularni o‘zi dunyoga keltirgan. Bugungi kunda uning 14 nafar farzandi bor.

Xong Yux Ryum – Miranda Kerr

Foto: Cosmopolitan

Xong plastik jarrohlarga Mirandaga o‘xshatib berishni so‘rab murojaat qilgan. Kumiridek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun Xong yuz, burun, shuningdek, ko‘z va lab shaklini ham o‘zgartirgan. Sochlarini och rangga bo‘yagan va Miranda singari makiyaj hamda bo‘yanishni o‘rgangan.

Kler Lison – Kim Kardashyan

Foto: Cosmopolitan

Tashqi ko‘rinishi sabab sinfdoshlarining tanqidlardan charchagan Kler, kumiri Kimga o‘xshash uchun 50 ming dollarga yaqin pul sarflagan. Plastik operatsiya qildirgan va kosmetika sotib olgan.

Mila Sinanaj – Kim Kardashyan

Foto: Cosmopolitan

Mila esa Kimdek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun 30 ming dollar sarflab bir nechta plastik operatsiyalar qildirgan. Ammo bu hali hammasi emas, Mila Kimning sobiq sevgilisi Kris Xemfris bilan ham uchrashgan.

Dinna Mariya Trego – Ledi Gaga

Foto: Cosmopolitan

Ledi Gaganing muxlisi Dinna esa o‘zgarish uchun 100 ming dollardan ortiq pul sarflagan. U sevimli xonandasiga quyib qo‘ygandek o‘xshash istagida plastik operatsiya qildirishda davom etmoqda.

Eshli Xorn – Lindsi Loxan

Foto: Cosmopolitan

Lindsining o‘gay singlisi Eshli unga o‘xshash uchun o‘lib qutiladi. Qizig‘i, o‘zini Lindsidan ham go‘zalroq deb hisoblagan qiz unga o‘xshash uchun 30 ming dollar ishlatgan.

Mikki Jey – Maykl Jekson

Foto: Cosmopolitan

Uch farzandning otasi Mikki, Maykldek bo‘lish uchun 15 ming dollarga yaqin pul sarflagan. Pop qiroliga o‘xshash ketidan Jey yiliga 250 mingga yaqin daromad topadi.

Debora Devenport – Keyt Uinslet

Foto: Cosmopolitan
Amerikalik Debora Devenport kumiri, aktrisa Keytga o‘xshash uchun 15 ming dollarga yaqin pul sarflagan. Burun va yanoqlari shaklini o‘zgartirgan qiz, muntazam ravishda peshonasi va ko‘zining atrofiga boteks qildiradi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar