Daryo

NASA yuklarni XKSga yetkazib berish narxini yetti barobar oshirdi

Endi tijoriy tajribalar bilan shug‘ullanuvchi kosmonavt bir soat davomida XKSda bo‘lishi uchun 17,5 ming dollar emas, balki 130 ming dollar to‘lashi kerak

1 daqiqa o‘qish33 053 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikaning NASA kosmik agentligi 25-fevraldan boshlab Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tijorat yuklarini yetkazib berish narxini yetti barobarga oshirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: NASA

Bir kilogramm yukni yetkazib berish 3 mingdan 20 ming dollarga, Yerga qaytarish 6 mingdan 40 ming dollarga oshirildi. Endi tijoriy tajribalar bilan shug‘ullanuvchi kosmonavt bir soat davomida XKSda bo‘lishi uchun 17,5 ming dollar emas, balki 130 ming dollar to‘lashi kerak.

“2019-yil iyun oyida dastlabki narx siyosati e’lon qilinganidan beri an’anaviy aerokosmik kompaniyalardan va rivojlanayotgan tarmoqlardan tijorat va marketing faoliyatiga talab oshdi. 2019-yil iyun oyidagi narx siyosati NASA resurslaridan foydalanish narxini to‘liq ifodalamagan edi. U narxlar orqali bozorni rag‘batlantirish va uni sozlash rejalashtirilgan edi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQShda xususiy kosmik mehmonxona qurilishi haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar