Daryo

Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vazir boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish19 292 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / MevlutCavusoglu

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiya 6–9-mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Twitter / MevlutCavusoglu

Qayd etilishicha, delegatsiya O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan, shuningdek, Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Samarqand shahrida Turkiya Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan so‘nggi marta 2017-yilning 26-aprelida kelgan.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar