Daryo

A Seriya. Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda “Jenoa” “Inter”ga yirik hisobda yutqazdi

Genuyaliklar 24-turda Milanga safar qildi

1 daqiqa o‘qish64 168 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 24-turida “Jenoa” 28-fevral, yakshanba kuni “Inter” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvda milanliklar Eldor Shomurodov jamoasiga imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida mezbonlar hujumchisi Romelu Lukaku hisobni ochdi. Shundan so‘ng 1-bo‘limda hisob o‘zgarmadi.

69-daqiqada Lukakuning uzatmasidan so‘ng Matteo Darmian “Inter”ning ikkinchi golini urdi. 77-daqiqada Aleksis Sanches mehmonlar darvozasiga to‘p kiritib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Eldor Shomurodov ushbu uchrashuvning 62-daqiqasida maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Antonio Konte shogirdlari peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa hisobida 56 ochko mavjud. O‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan “Jenoa” esa 24 turda 26 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 13-pog‘onasida qayd etilgan.

A Seriya

24-tur bahslari

28-fevral, yakshanba

“Inter M”—“Jenoa” 3:0

Gollar: 1:0 – 1 Lukaku, 2:0 – 69 Darmian, 3:0 – 77 Sanches.

“Inter”: Handanovich, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Darmian (D’Ambrozio, 84), Brozovich (Galyardini, 76), Perishich (Yang, 84), Eriksen, Barella (Vidal, 85), Martines (Sanches, 76), Lukaku.

“Jenoa”:  Perin, Chiborra, Goldaniga, Sapata, Gilyone (Shomurodov, 62), Melegoni (Portanova, 71), Radovanovich (Ongene, 46), Strotman (Behrami, 46), Rovella, Pyatsa, Skamakka (Pandev, 62).

Ogohlantirishlar: Sapata (18), Strotman (40).

“Udineze”—“Fiorentina” 1:0

Gol: 1:0 – 86 Nestrovski

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar