Daryo

Qarshida “Jiguli” yo‘ldan o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yubordi

Oqibatda qiz tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish64 948 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan skrin

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida “Vaz-2101” (“Jiguli”) 15 yoshli qizni urib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan skrin

Ma’lum qilinishicha, voqea 19-fevral kuni soat 09:00 larda M.Jo‘raboyev ko‘chasida yuz bergan. 1987-yilda tug‘ilgan haydovchi L.T. “Jiguli”ni boshqarayotib, ushbu ko‘chada joylashgan “Asl savdo” do‘koni ro‘parasiga yetgan vaqtida yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda, 2005-yilda tug‘ilgan qiz B.Z.ni urib yuborgan.

Oqibatda qiz tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar