Daryo

Qo‘ziqorin, kartoshka va pishloqdan antiqa pirojki tayyorlaymiz

Qatlamali xamir va qo‘ziqorinli nachinka birgalikda yangi ta’mni hosil qiladi

2 daqiqa o‘qish24 263 ko‘rishlar0 izoh0

Odatdagi retseptlardan tayyorlangan issiq yeguliklar o‘rniga yangicha pirojki tayyorlab ko‘ring. Mazasi barchaga manzur kelishi aniq.

Foto: “RussianFood.com”
Kerakli mahsulotlar:
  • qatlamali xamir − 250 gramm;
  • quritilgan qo‘ziqorin − 40 gramm;
  • qo‘ziqorin − 100 gramm;
  • kartoshka 3-dona;
  • piyoz − 1 dona;
  • pishloq − 50 gramm;
  • tuxum − 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
  • un − 2 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:

Mahsulotlar tayyorlab olinadi.

Foto: “RussianFood.com”

Quritilgan qo‘ziqorinlar 10 daqiqaga suvga solinadi va to‘kib tashlab, ikki soat davomida yana suvda qoldiriladi.

Foto: “RussianFood.com”

Kartoshkalar qaynatib olinadi.

Foto: “RussianFood.com”

Kartoshkalar pishganidan so‘ng tozalanadi.

Foto: “RussianFood.com”

Suvda qoldirilgan qo‘ziqorin 15-20 daqiqa davomida qaynatiladi.

Foto: “RussianFood.com”

Piyoz, qo‘ziqorin va uning qaynatilgan turi ham to‘g‘raladi.

Foto: “RussianFood.com”

Piyoz o‘rtacha olovda 4-5 daqiqa qovuriladi.

Foto: “RussianFood.com”

Ustidan qo‘ziqorinlar solinadi.

Foto: “RussianFood.com”

7-8 daqiqadan so‘ng sovutishga qo‘yiladi.

Foto: “RussianFood.com”

Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi, kartoshka to‘rtburchak to‘g‘raladi.

Foto: “RussianFood.com”

Qo‘ziqorinli aralashma bilan aralashtiriladi.

Foto: “RussianFood.com”

Xamir kengligi 9-10 santimetr kenglikda bo‘laklarga bo‘linadi.

Foto: “RussianFood.com”

Har biri yupqa qilib yoyiladi.

Foto: “RussianFood.com”

Xamirga tuxum surtiladi.

Foto: “RussianFood.com”

To‘rtburchak xamir yuzasiga burchak tomonga qarab nachinka joylashtiriladi.

Foto: “RussianFood.com”

Xamirning bir burchagi yopiladi, so‘ngra ikkinchi burchagi.

Foto: “RussianFood.com”

Tepa qismi ochiq holatda qoladi.

Foto: “RussianFood.com”

Ustidan tuxum sarig‘i surtiladi.

Foto: “RussianFood.com”

200 daraja pechga 15-20 daqiqaga, yuzasi qizargunga qadar qo‘yiladi.

Foto: “RussianFood.com”
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar