Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 24-turida “Sevilya” 22-fevral, dushanba kuni “Osasuna” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvda andalusiyaliklarning qo‘li baland keldi. Bahsning 19-daqiqasida Diyego Karlos “Sevilya”ning birinchi to‘pini kiritdi. 49-daqiqada Lyuk de Yong jamoasining 2-golini urdi. Bellashuvning qolgan daqiqalarida darvozalarga to‘p kiritilmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Xulen Lopetegi shogirdlari 48 ochko to‘plagan holda La Liga musobaqa jadvalida “Barselona”ni (47) ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mag‘lub bo‘lgan “Osasuna” esa o‘zining 25 ochkosi bilan 13-o‘rinda bormoqda.

24-turdan so‘ng La Liga jadvali quyidagi ko‘rinishga keldi:

Foto; Twitter

La Liga

24-tur bahsi

22-fevral, dushanba

“Osasuna”—“Sevilya” 0:2

Gollar: 0:1 – 19 Diyego Karlos, 0:2 – 49 de Yong.

“Osasuna”: Errera, Vidal (Inigo Peres, 80), Aridane, Sanches, David Garsiya, Monkayola, Oyer (Brashanats, 65), Ruben Garsiya (Kalyeri, 64), Torro, Barha (Roberto Torres, 64), Budimir (Adrian, 84).

“Sevilya”: Bunu, Diyego Karlos, Navas, Rekik, Kyunde, Fernando, Jordan (Gudel, 87), Oliver Torres (Rakitich, 66), Suso (Aleish Vidal, 66), de Yong (An-Nesiri, 80), Munir (Gomes, 80).

Ogohlantirishlar: Munir (67), Vidal (76), Jordan (83), Torro (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!