Daryo

APL. “Manchester Yunayted” 4 ta gol urilgan o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi

“Manchester Yunayted” APL 25-turida “Nyukasl”ni qabul qildi

1 daqiqa o‘qish34 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 25-turi doirasida “Manchester Yunayted” o‘z uyida 21-fevral, yakshanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

O‘yinni Manchester jamoasi to‘liq nazoratida ushladi. 30-daqiqada Markus Reshford mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib, Allan Sen-Maksimen muvozanatni tikladi.

57-daqiqaga kelib Deniel Jeyms “qizil iblislar”ni yana hisobda oldinga olib o‘tdi. 75-daqiqada Brunu Fernandesh penaltidan urgan goli bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” 49 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni “Lester” bilan bo‘lishib turibdi va hamshahari “Manchester Siti”dan 10 ochkoga ortda qolmoqda. 25 turda 25 ochko to‘plagan “Nyukasl” esa 17-o‘rinda qolgan.

APL

25-tur bahsi

21-fevral, yakshanba

“Manchester Yunayted”—“Nyukasl” 3:1

Gollar: 1:0 – 30 Reshford, 1:1 – 36 Sen-Maksimen, 2:1 – 57 Jeyms, 3:1 – 75, penalti Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted”: De Hea, Shou, Lindelyof, Uan-Bissaka, Maguayr, Jeyms (Mata, 88), Brunu Fernandesh, Fred, Matich, Marsyal (Grinvud, 70), Reshford (Shortayr, 89).

“Nyukasl”: Darlou, Lyuis, Klark, Kraft, Lassels, Heyden, Uillok, Shelvi, Almiron (Geyl, 79), Sen-Maksimen (Myorfi, 77), Joelinton (Freyzer, 55).

Ogohlantirishlar: Heyden (38), Brunu Fernandesh (38), Joelinton (39).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar