Amerikaning Time jurnali 100 Next — kelajakning ta’sir doirasi eng keng shaxslari ro‘yxatini e’lon qildi.

Time bu ro‘yxatni “Biznes, madaniyat, sport, siyosat, fan, sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarining bo‘lajak yulduzlari” deb atadi.
Faollar yo‘nalishida “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford 2021-yilgi reytingdan joy oldi. Uning koronavirus inqirozi vaqtida Buyuk Britaniyadagi yordamga muhtoj maktab bolalarini oziq-ovqat bilan ta’minlashga oid amalga oshirgan ishlari mazkur reytingdan joy olishga zamin yaratdi. Reshford yuzlik ro‘yxatdagi yagona sportchi bo‘ldi. Mavzuga doir:- Markus Reshford: “Buyuk Britaniyada 490 ming nafar bola ta’til paytida ovqatsiz qolib ketishdan qo‘rqadi”
- Markus Reshford Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri unvoniga loyiq ko‘rildi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!








