Daryo

Toshkentda YHXB avtomobili Lacetti bilan to‘qnashdi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda

1 daqiqa o‘qish64 652 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Uchtepa tumanida YHXB avtomobili Lacetti bilan to‘qnashdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

14-fevral kuni soat 01:00 larda navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, tumanning Zargarlik—Qatortol-2 ko‘chalari kesishgan chorrahada 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi S.A. boshqaruvidagi YHXBga tegishli bo‘lgan Lacetti hamda 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi O.E. boshqaruvidagi yana bir Lacetti to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan YPX xodimi xizmat Lacetti’sini daraxtga borib urgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Bektemir postida Toyota Land Cruiser ishtirokidagi YTH videosi e’lon qilindi. Mashina YPX xodimlarini bosib ketishiga bir baxya qolgan

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar