Daryo

“Nimadir yegim kelyapti”. Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar

Qomat buzilishiga shakarga nisbatan kamroq ta’sir qiluvchi yeguliklar haqida ma’lumot beramiz

1 daqiqa o‘qish53 069 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Ba’zan insonda shirinlik yeyishga nisbatan kuchli xohish paydo bo‘ladi. Bu his organizmga uglevodlar yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunday vaqtda organizm kerakli uglevodni shokoladdan oladimi yoki mevali salatdan — bu muhim emas. Qomat buzilishiga shakarga nisbatan kamroq ta’sir qiluvchi yeguliklar haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Meva va rezavorlar

Meva nafaqat uglevodga, balki kletchatka, vitamin, mineral va antioksidantlarga boyligi bilan ham yaxshi ma’lum. Yangi uzilgan mevalarning kaloriyasi nisbatan kam, ammo me’yordan ortiq iste’mol qilingan mevalar allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin yoki kunlik kaloriya ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa kilogramm ortishiga olib keladi.

Foto: Getty Images

Quritilgan mevalar

Quritish jarayonida mevalar faqatgina suvini yo‘qotadi, natijada ozuqa moddalarining konsentratsiyasi ortadi. Dietologlar quritilgan mevalarni shirinliklar o‘rnini bosuvchi eng maqbul yegulik sifatida tavsiya qilishadi: ham tabiiy, ham foydali. Asosiysi, me’yorni bilish: kuniga bir-ikki donadan oshmasligi kerak.

Foto: Getty Images

Yong‘oqlar

Albatta, yong‘oq meva kabi shirin emas, ammo unda uglevoddan tashqari ko‘p miqdordagi vitaminlar, minerallar, o‘simlik oqsillari va foydali yog‘lar mavjud. Shokolad o‘rniga bir hovuch keshyu yong‘og‘i yoki bodom iste’mol qilish sizni kunlik uglevodlar bilan bemalol ta’minlaydi.

Foto: Getty Images

Shirin kartoshka (batat)

Mazkur sabzavotdan nafaqat taom, balki shirinliklar ham tayyorlanadi. Shirin kartoshka ko‘plab minerallar, A va C vitaminlariga boy bo‘lib, u uzoq vaqt davomida me’dani to‘q tutadi va shirinlikka bo‘lgan ehtiyojingizni qondiradi.

Foto: Getty Images
Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar