Daryo

Toshkentda elektromobillar uchun 2 ta quvvatlash stansiyasi o‘rnatildi

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “UNG Petro” tasarrufidagi AYoQSHlarda o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish45 690 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Energetika vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 10-iyulda “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4779-son qaroriga asosan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi

Xususan, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “UNG Petro” tasarrufidagi Toshkent shahridagi 2 ta – Chilonzor tumani Baynalminal ko‘chasi 100A-uydagi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Chinobod ko‘chasi bo‘yidagi AYoQShda joylashgan.

Hozirda ushbu AYoQShlarda modul stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi.

Avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar importi ikki yilda 10 barobarga oshgani hamda mamlakat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishni rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar