Daryo

Mahmud Murodov 1 oyga UFC janglaridan chetlatildi

Murodovning raqibi esa 6 oy oktagonga ko‘tarila olmaydi

1 daqiqa o‘qish107 768 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasidan keyin Nevada sport komissiyasi odatga ko‘ra turnir ishtirokchilarga tibbiy chetlatishlarni qo‘lladi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra musobaqaning asosiy kardida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (25-6) 1 oy (30 kun) davomida janglarda ishtirok eta olmaydi. Sabab sifatida uning og‘ir jang o‘tkazganligi ko‘rsatilgan.

Murodovning raqibi Endryu Sanches (12-6) esa burun va boldir suyaklari sinishi sabab 180 kun davomida jang qilmasligi belgilandi.

Mahmud Murodov va Endryu Sanches o‘rtasidagi jangni bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Eslatib o‘tamiz, Murodov amerikalik raqibini 3-raundda nokautga uchratib, promoushendagi ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar