Daryo

Konor Makgregor 6 oyga UFC janglaridan chetlatildi

Irlandiyalik yakkakurashchi boldir suyuklaridan jarohat olgan

1 daqiqa o‘qish59 554 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasidan keyin Nevada sport komissiyasi odatga ko‘ra turnir ishtirokchilarga tibbiy chetlatishlarni qo‘lladi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, musobaqaning asosiy jangida Dastin Poryega yutqazgan Konor Makgregor 180 kun muddatga musobaqalardan chetlatildi. Irlandiyalik yakkakurashchi boldir suyuklaridan jarohat olgan. Agar rentgen natijalari va shifokorlar xulosasi ijobiy chiqadigan bo‘lsa, Konor ularni taqdim etgan holda ta’til muddatini qisqartirishi mumkin. Aks holda u ko‘rsatilganidek 180 kun davom etadi.

Asosiy jang g‘olibi Poryega esa 7 kunlik majburiy ta’til berilgan.

UFC 257 janglari videolarni bu yerda ko‘rish mumkin — havola.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida mag‘lubiyatga uchragan Den Huker 45 kun oktagonga ko‘tarila olmaydi. G‘olib Chendlerga ham 7 kunlik hordiq berilgan.

Avvalroq Mahmud Murodov Endyu Sanchesga qarshi og‘ir jang o‘tkazgani uchun 30 kunga chetlatilgani, uning raqibi esa 180 kunga safdan chiqarilgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar