Daryo

Kun kayfiyati: Bir-birini sidqidildan yaxshi ko‘radigan sertabassum it va xo‘mraygan mushuk (foto)

Bir-biri bilan yaxshi chiqishishiga qaramay, ular o‘rtasida ham kelishmovchiliklar bo‘lib turadi

2 daqiqa o‘qish73 436 ko‘rishlar0 izoh0

Bir-biriga aka-ukadek o‘xshaydigan, birdek oppoq, yoqimtoy mushuk va it Instagram’da mashhurlikka erishgan. Suratga tushishni yoqtiradigan yoqimtoy hayvonlar nomidan ochilgan Instagram sahifasida 41 mingdan ortiq obunachi bor.

Foto: Women’s day

Kasper laqabli kuchuk mushukdan ko‘ra quvnoqroq va kulishni yaxshi ko‘radi. Shunga qaramasdan ular bir-biridan deyarli ayrilmaydi. Romeo va Kasper birgalikda sayr qiladi, o‘ynaydi va egasi bilan birga sayohat qiladi.

Bir-biri bilan yaxshi chiqishishiga qaramay, ular o‘rtasida ham kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Masalan, Kasperning o‘yinchoqlarni olib qo‘yishiga Romeo toqat qilolmaydi.

Foto: Women’s day
Foto: Women’s day

Hayvonlarning egasi Rinsa hamisha mushuk boqishni istagan, ammo iti Kasper bunga qanday munosabatda bo‘lishini bilmagan. Ayol itning reaksiyasini bilish uchun uni mushugi bor dugonasinikiga olib borgan. Kasperning mushuklarni yaxshi ko‘rishini tushunib yetganidan keyin esa orzusidagi mushukni qidirishga kirishgan.

Foto: Women’s day

Mushuk va it tanishganidan keyin bir hafta davomida bir-biridan alohida yashagan.

Foto: Women’s day
Foto: Women’s day
Foto: Women’s day

“Romeo, Kasperning o‘zidan katta ekani sabab avvaliga asabiylashgan, ammo itning do‘stona munosabatda ekanini tushunib yetganidan keyin u bilan chiqishib ketgan”, — deydi Rinsa.

Foto: Women’s day
Foto: Women’s day
Foto: Women’s day
Foto: Women’s day
Foto: Women’s day
Foto: Women’s day
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar